Telegramda o‘z biznesingizni soting

Mijozlaringizga Telegram orqali tovar yoki xizmatingizni taklif qiling. Mijoz mahsulotni ko‘radi, narxini biladi va buyurtma beradi.

Hech qanday alohida ilova kerak emas.

Karta kerak emas · Oldindan to‘lov yo‘q

Telegram ichidagi do‘kon — katalog telefon ekranida
Havola, Telegram va yangi buyurtma — do‘kon telefon ekranida

Telegramda sotish bundan oson bo‘lmagan

Mijozga bitta havolani yuborasiz. U Telegram ichida do‘koningizni ochadi, mahsulot yoki xizmatni tanlaydi va buyurtma beradi.

Buyurtmalarni esa siz boshqarasiz.

Hozir mijozlar bilan qanday ishlayapsiz?

DilnozaBu qancha?
JavohirL razmer bormi?
MadinaQaysi ranglari bor?
SardorQayerdan olib ketsam bo‘ladi?
NilufarBugun ochiqmisiz?
AzizQachon bo‘shsiz?
KamolaYetkazib berasizmi?
BekzodChegirma bormi?
SevaraErtalab kelishim mumkinmi?

Har bir mijozga alohida javob berish vaqt oladi.

Buyurtmalar esa chatlar orasida yo‘qolib ketishi mumkin.

TG Shop bilan

Mijoz ko‘p narsani o‘zi ko‘radi va tanlaydi.

Mahsulotlar, xizmatlar va buyurtma — bitta joyda.

Sayt yoki mobil ilova yasatishingiz shart emas.

Mahsulot va xizmatlaringiz tartibli holda.

Katalog
Katalog
Mahsulot
Mahsulot
Savat
Savat
Buyurtma
Buyurtma

Mijozga ilova yuklatish shart emas

01

Mijoz Telegramda siz yuborgan havolani bosadi va do‘koningiz ochiladi.

02

Yuklab olish yo‘q. Alohida ro‘yxatdan o‘tish yo‘q.

03

Mahsulotni ko‘radi → tanlaydi → buyurtma beradi.

04

Xizmatni ko‘radi → narxini biladi → kerakli vaqtni tanlaydi → sizga buyurtma yuboradi.

Bu oddiy Telegram bot emas

Mijoz mahsulotlaringizni qulay ko‘rinishda ko‘radi, kerakli mahsulotni tanlaydi va buyurtma beradi.

  • Mahsulotlarni ko‘radi
  • Kategoriyalarni ochadi
  • Kerakli mahsulotni qidiradi
  • Rang yoki razmerni tanlaydi
  • Savatga qo‘shadi
  • Buyurtma beradi
  • Xizmatlarni ko‘radi
  • Narxlarni ko‘radi
  • Xodim yoki ustani tanlaydi
  • Bo‘sh vaqtni tanlaydi
  • Sizga buyurtma yuboradi

Sizning biznesingizga ham mos keladi

Kiyim

Kiyim

Mahsulotlar, rang, razmer va narxlarni ko‘rsating. Mijoz o‘zi buyurtma beradi.

Oyoq kiyim

Oyoq kiyim

Razmer va ranglarni ko‘rsating. Mijoz keraklisini tanlaydi.

Oziq-ovqat

Oziq-ovqat

Mahsulotlarni katalogga joylang va Telegramdan buyurtma oling.

Xo‘jalik mollari

Xo‘jalik mollari

Mahsulotlaringizni tartibli ko‘rsating va mijozlardan buyurtma oling.

Ustalar

Ustalar

Xizmatlaringizni ko‘rsating. Mijoz nima qilishingiz va qancha turishini oldindan biladi.

Sartaroshxona va salon

Sartaroshxona va salon

Xizmatlar va narxlarni ko‘rsating. Mijoz xizmatni tanlaydi va sizga buyurtma yuboradi.

O‘quv markazi

O‘quv markazi

Kurslar, narxlar va guruhlar haqida ma’lumot bering. O‘quvchilar Telegram orqali murojaat qiladi.

Boshqa xizmatlar

Boshqa xizmatlar

Tozalash, ta’mirlash, fotografiya, avtoservis, santexnika va boshqa xizmatlar uchun ham foydalanish mumkin.

5 daqiqada boshlang

Hisob ochish01

Hisob oching

Ismingiz, telefon raqamingiz va biznes yoki do‘kon nomini kiriting. Hisobingiz bepul ochiladi.

Telegram botini ulash02

Telegram botingizni ulang

Telegramda bot oching va botni TG Shop’ga ulang. Buni bir marta qilasiz.

Tovar yoki xizmat qo‘shish03

Tovar yoki xizmatlaringizni qo‘shing

Rasm, nomi, narxi va kerakli ma’lumotlarni kiriting.

Havolani yuborish04

Do‘koningiz tayyor

Sizga berilgan havolani Instagram, Telegram yoki boshqa joyga yuboring.

Mijozdan buyurtma05

Mijozlardan buyurtma oling

Mijoz havolani ochadi, tovar yoki xizmatni tanlaydi va sizga buyurtma yuboradi.

Mijoz «Narxi qancha?» deb yozishini kutmang

Mahsulotlaringizni oldindan ko‘rsating.

RasmNarxRangRazmerMavjudligi

Mijoz kerakli variantni o‘zi tanlaydi.

Kamroq savol-javob → tartibliroq buyurtmalar → kamroq vaqt yo‘qotish.

Mahsulot

Xizmatingizni Telegramda ko‘rsating

Masalan:

Mijoz xizmatni ko‘radi, narxini biladi va sizga buyurtma yuboradi.

Xizmatlaringizni bitta joyda ko‘rsating va kelgan buyurtmalarni tartibli boshqaring.

Xizmatingizni Telegramda ko‘rsating

Buyurtmalarni tartibli boshqaring

Boshqaruv panelida barcha kerakli ma’lumotlar bitta joyda.

Qog‘oz, daftar va yuzlab chatlar o‘rniga — bitta boshqaruv paneli.

Buyurtmalarni tartibli boshqaring

Yangi buyurtmalarTayyorlanayotgan buyurtmalarBajarilgan buyurtmalarMijozlarMahsulotlarKategoriyalarXodimlar

Yetkazib berishni ham boshqaring

Agar mahsulot yetkazib bersangiz, buyurtmalarni kuryerlarga biriktiring va yetkazib berishni tartibli boshqaring.

Buyurtma → Kuryer → Mijoz

Kuryer buyurtma ma’lumotlari, mijoz telefoni va manzilini ko‘radi.

Qancha mahsulot qolganini biling

Mahsulotlar bo‘yicha mavjud soni, sotilganlari va qolganini kuzatib boring.

Futbolka

Bu ayniqsa kiyim, oyoq kiyim, oziq-ovqat va variantlari ko‘p bo‘lgan mahsulotlar uchun qulay.

Avval bepul ishlatib ko‘ring

Biznesingizni boshlash uchun darhol pul to‘lashingiz shart emas.

Karta kerak emasOldindan to‘lov yo‘q
14 kunBepul

Sinab ko‘rish

0 so‘m14 kun

  • 50 mahsulot
  • 10 xizmat
  • 10 kategoriya
  • 2 xodim
  • 5 usta
  • 100 MB rasm
  • Telegram do‘kon
Bepul boshlash
Start

Kichik biznes

59 000 so‘m/oy

  • 300 mahsulot/xizmat
  • 50 kategoriya
  • 5 xodim
  • Ombor
  • Buyurtmalar
  • Telegram do‘kon
Bepul boshlash
Biznes

O‘sayotgan biznes

99 000 so‘m/oy

  • 1 000 mahsulot/xizmat
  • 100 kategoriya
  • 15 xodim
  • Ombor
  • Kuryer
  • Statistika
Bepul boshlash
Pro

Katta savdo

199 000 so‘m/oy

  • 5 000 mahsulot/xizmat
  • 30 xodim
  • Bir nechta ombor
  • Kuryer
  • Kengaytirilgan statistika
  • Barcha imkoniyatlar
Bepul boshlash

Boshlash uchun katta xarajat kerak emas

Sayt yaratish shart emas.

Ilova yaratish shart emas.

Katta texnik bilim kerak emas.

Telegram botingizni ulang, mahsulot yoki xizmatlaringizni qo‘shing va mijozlarga havolani yuboring.

Ko‘p beriladigan savollar

Telegramda do‘konim qanday ochiladi?

Sizga berilgan Telegram bot orqali mijozlar do‘koningizni ochadi. Ular Telegramdan chiqmaydi.

Mijozga alohida ilova kerakmi?

Yo‘q. Do‘kon Telegram ichida ochiladi.

Men faqat xizmat ko‘rsataman. Foydalana olamanmi?

Ha. Sartarosh, salon, avtoservis, usta, o‘quv markazi va boshqa xizmatlar uchun ham foydalanish mumkin.

Internet do‘kon ochmoqchiman. Sayt kerakmi?

Yo‘q. Kichik biznes uchun Telegramdagi do‘kon bilan boshlashingiz mumkin. Alohida sayt ochish majburiy emas.

Telegram bot nima?

Telegram bot — mijozlaringiz bilan Telegram orqali ishlaydigan biznes botingiz. Botni Telegramdagi BotFather orqali bepul ochish mumkin.

Botni ulash qiyinmi?

Yo‘q. Botni ochib, berilgan kalitni TG Shop’dagi hisobingizga kiritasiz. Qadamlar oddiy tilda yozilgan.

Mijoz pulni qanday to‘laydi?

Hozircha mijoz buyurtma beradi, to‘lovni esa siz o‘zingizga qulay usulda qabul qilishingiz mumkin.

Oldindan pul to‘lashim kerakmi?

Yo‘q. 14 kun bepul tarifdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

Keyin pul to‘lashga majbur bo‘lamanmi?

14 kundan keyin o‘zingizga mos tarifni tanlaysiz. Hozir karta kerak emas.

Biznesingizni bugunoq Telegramga olib keling

Mahsulot sotasizmi yoki xizmat ko‘rsatasizmi — mijozlaringiz bilan Telegram orqali ishlashni boshlang.

Mahsulotlaringizni ko‘rsating, xizmatlaringizni taklif qiling va Telegramdan buyurtma oling.

Bepul boshlash

Karta kerak emas · Oldindan to‘lov yo‘q

Savollar?